“Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligidagi Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tashkil etilgan hamda akademiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida har yili davlat budjeti hisobidan mablag‘lar ajratib borilishi belgilangan.
Belgilanishicha:
- akademiyada ta’lim dasturlariga oid o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur xomashyolarni xarid qilish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining so‘roviga ko‘ra har yili davlat budjetidan tegishli mablag‘lar ajratiladi;
- Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ga a’zo davlatlarning fuqarolariga akademiyada joriy etilgan o‘quv kurslarida davlat granti asosida ta’lim olish uchun har yili 100 ta o‘rin ajratiladi.
Quyidagilar akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- respublikaning turizm tarmog‘ini rivojlantirishga zarur bo‘lgan kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- xalqaro e’tirof etilgan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, mehmondo‘stlik sohasida kadrlar, xususan, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish;
- aholining turizm sohasiga oid tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamlarini o‘qitishni tashkil etish;
- turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’yektlar xodimlari faoliyatiga oid o‘quv materiallarini (jumladan, elektron shaklda) tayyorlash;
- turizm sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy talablar asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.
Akademiya faoliyatini moliyalashtirish:
- O‘zbekiston davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari;
- Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
- ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan ta’lim va boshqa xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;









