Rossiya Qurolli kuçlari 58-gvardiya umumqöşin armiyasining sobiq qömondoni, general-mayor Ivan Popov katta hajmdagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda 21 may, seşanba kuni huquq-tartibot idoralariga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.

«Dva mayora» Telegram-kanaliga köra, Popov 17 may kuni uyuşgan guruh tomonidan yoki katta miqdordagi firibgarlik (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) işi böyiça hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga köra, 49 yoşli general-mayor istehkomlar quriş uçun möljallangan 200 tonnaga yaqin metall buyumlarni sotib yuborgan. Uşbu ma’lumotlarga köra, zarar miqdori 100 million rubldan oşadi. Bu işda Popovdan taşqari yana ikkita ayblanuvçi bor – Krasnodar ölkasidan bölgan tadbirkor va Janubiy harbiy okrug zobiti, deb yozadi Telegram-kanal.

Dpa agentligining ta’kidlaşiça, 2023 yilning iyul oyida Popov armiya qömondonligidan çetlaştirildi. General-mayor Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilgan. 

Rossiyada yuqori martabali harbiylarning hibsga olinişi 

13 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligining kadrlar boş boşqarmasi boşliği, general-leytenant Yuriy Kuznetsov Moskvada uşlandi, bir kundan keyin esa hibsga olindi. U juda katta miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda, buning uçun 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Kuznetsovning uyidan 100 million rubl, oltin tangalar va qimmatbaho buyumlar topildi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qömitasi. 14 may kuni xuddi şu iş böyiça yakka tartibdagi tadbirkor Leva Martirosyan juda katta miqdorda pora bergani uçun hibsga olingan edi. 

24 aprel kuni Moskvaning Basmanniy sudi Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanovni öta yirik miqdorda pora olganlikda ayblab, ikki oy muddatga tergov izolyatoriga jönatdi. Xuddi şu kuni Ivanov lavozimidan çetlatildi. Bir kundan keyin sud Ivanov va uning qarindoşlarining köçmas mulki, aktivlari va bank hisobraqamlarini xatlovga oldi. Xuddi şu iş yuzasidan yana ikki nafar sudlanuvçi hibsga olingan.

Oliy harbiy rahbarlikdagi özgarişlar

12 may kuni Rossiyaning yangi hukumatida Vladimir Putin mudofaa vaziri lavozimiga Sergey Şoygu örniga hukumat raisining sobiq birinçi örinbosari Andrey Belousovni tayinlaşni taklif qilgani ma’lum böldi. Şu bilan birga, Şoygu Putinning farmoni bilan Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimiga tayinlandi. 

20 may kuni Putin ilgari Hisob palatasi auditori bölib işlagan Oleg Savelevni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari örinbosari etib tayinladi.