2024 yilning 17 may kuni Sirdaryodagi nogironligi bor şaxslar yaşaydigan “Muruvvat” uyida yaşab davolanayotgan ruhiy nosoğlom ayolning ustidan mazax qilgan ikki nafar ayol jarimaga tortilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, ayolni mazax qilgan xodimlar uşbu muassasaga autsorsing asosida xizmat körsatadigan “Innovation-Outsorsing-Service” MÇJda işlaşgan.
Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan Ya.S.ni şifokor, hamşira hamda kiçik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oşxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bilaturib mazax qilişgan. Holatni videoga olib, uni oşxonada işlovçi xodimlarning Telegram guruhiga taşlaşgan.
2024 yil 17 may kuni Sirdaryo “Muruvvat” uyi rahbari Sirdaryo tumani IIBga murojaat qilib, X.M. va Ş.O.larning xatti-harakatiga qonuniy çora körişni söragan.
Bemorning ustidan kulgan xodimalar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan.
Qayd etilişiça, IIB tomonidan holat yuzasidan suriştiruv işlari yakunlanib O.Ş. va M.X.ga MJtKning tegişli moddalariga asosan eng kam iş haqining 10 barobari miqdorida jarima tölaş jazosi belgilangan.
Şuningdek, “Innovation-Outsorsing-Service” MÇJ firmasi bilan tuzilgan şartnomani bekor qiliş uçun uning rahbari I.S. nomiga ogohlantiriş xati çiqarilgan.

















