Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi tomonidan yangi tahrirdagi “Çiqindilar töğrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.
Deputatlar va vakolatli organ xodimlaridan iborat işçi guruhi tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi çiqindi bilan boğliq işlarni amalga oşiriş klasterlari, tadbirkorlik sub’yektlari, çiqindi poligonlari faoliyati bilan yaqindan tanişilib, sohadagi mavjud kamçilik va muammolar örganildi.
Örganiş jarayonlarida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan çiqindilarni saralaş jarayonlari qonunçilikda tartibga solinmaganligi, körsatilgan xizmatlardan aholining debitor qarzdorligi yildan yilga köpayib borayotganligi ma’lum qilindi.
Muhokamalar davomida ÖzLiDeP fraksiyasi vakillari tomonidan sanitariya jihatidan tozalaşga ixtisoslaştirilgan taşkilotlarning huquqiy faoliyatining belgilaş, ÖzXDP fraksiyasi vakillari tomonidan esa çiqindilarni utilizatsiya qiliş hamda ularning hosil bölişini kamaytirişga doir faoliyatni rağbatlantirişning iqtisodiy mexanizmlari belgilaş böyiça bir qator takliflar ilgari surildi.
“Adolat” SDP fraksiyasi vakillari yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida qonun hujjatlari talablarining buzilişi tufayli yetkazilgan zararning örnini qoplaş hamda foydalaniş xususiyatini yöqotgandan söng atrof-muhitga zarar yetkazuvçi işlab çiqariladigan va import qilinadigan qadoqlaş materiallari va tovarlarga ekologik yiğim institutlari joriy etiş lozimligini qayd etdilar.
Şuningdek, “Milliy tiklaniş” DP fraksiyasi tomonidan çiqindilar bilan işlaşda tabiatni muhofaza qiliş talablarini buzganlik, xususan, qattiq maişiy çiqindilarni va quriliş çiqindilarini belgilanmagan joylarga taşlaş hamda suyuq maişiy çiqindilarni tökkanlik uçun moliyaviy jarimalar qöllaşga doir normalar kiritiş taklif etildi.
Qonun taşabbuskorlari ta’kidlaşiça, qonun loyihasining qabul qilinişi çiqindilarni boşqariş borasida mavjud amaliyotni yanada takomillaştiriş, çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşirişda qonunçilikka rioya etilişi yuzasidan davlat nazorati samaradorligini oşiriş, maişiy çiqindilarni yiğiş, taşiş, utilizatsiya qiliş, qayta işlaş va kömiş borasida davlat va xususiy şerikçilikni yanada rivojlantiriş imkonini beradi.

















