Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi örinbosari öz xizmat mavqeyidan foydalanib, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş va eksport qiliş bilan şuğullanuvçi MÇJga tegişli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksinça, suğoriş işlariga şaroit yaratib beriş va faoliyatiga heç kim aralaşmasligi evaziga 20 ming AQŞ dollari talab qilib, 1 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan uşlandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toşkent viloyat filialining bölim boşliği va muhandisi özaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonani 3 fazali elektr tarmoğiga ulaş va transformator örnatib beriş, şuningdek, boşqa texnik hujjatlarini tayyorlaşda kömaklaşiş evaziga 39 ming AQŞ dollari miqdorida pora talab qilişadi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toşkent viloyat filiali muhandisi söralgan pul mablağidan 30 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.
Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumani IIB jinoyat qidiruv bölinmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeyidan foydalanib, özining iş yurituvida bölgan tergovga qadar tekşiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş evaziga, tamagirlik yöli bilan undan 1500 AQŞ dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq uşbu pul mablaği hisobidan 400 AQŞ dollari oladi.
Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQŞ dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uşlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli içki işlar bölimi profilaktika inspektori 5 ming AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida uşlandi.
Aniqlanişiça, u uşbu pul mablaği evaziga, özaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani böyiça mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatmasdan, holatni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida malakalaşni va’da qilgan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, mazkur şaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

















