Prezidentning “Toşkent şahri va uning atrofidagi issiqxonalar va sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga çiqarilayotgan tutun va zaharli gazlarni keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Toşkent şahri va uning atrofida joylaşgan issiqxona xöjaliklari, sanoat korxonalarga qator talablar yuklanmoqda.
Xususan, tabiiy gazdan yonilği sifatida foydalanuvçi issiqxona xöjaliklari va sanoat korxonalarining ekologiya ekspertiza xulosasi mavjud bölmagan taqdirda ularga tabiiy gaz yetkazib berilişiga yöl qöyilmaydi.
Tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalanganda yoki gaz hisoblagiçlardan tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimiga iste’molçining aybi bilan onlayn ravişda ma’lumotlar uzatilişini töxtatiş holatlari aniqlanganda, uşbu iste’molçilar bilan tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomalar bekor qilinişi va bir yil muddatda şartnomalarni qayta tiklaş taqiqlanişi belgilanmoqda.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq Toşkent şahri va Toşkent viloyatining Toşkent, Qibray, Yuqoriçirçiq va Zangiota tumanlarida 2024 yil 1 iyuldan boşlab:
- Markaziy bank, tijorat banklari va boşqa kredit taşkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bölmagan issiqxona xöjaliklari va sanoat korxonalarini moliyalaştiriş va ularga kredit ajratmaslik tavsiya etiladi;
- Toşkent şahri va uning atrofidagi sanitariya himoya mintaqasida (rejimli obektlar atrofida) qöşimça issiqxona va atmosfera havosini ifloslantiruvçi korxonalar barpo qilinişi töxtatiladi;
- mulkçilik şaklidan qat’iy nazar issiqxonalarda yaroqsiz şinalar, bitum, plyonka, plyonkali-sintetik karton, rezina, jun tolasi kabi çiqindilardan yoqilği sifatida foydalaniş taqiqlanadi.

















