Rossiyada yana bir yuqori martabali harbiy zobit korrupsiya işi böyiça qölga olindi. Rossiya Tergov qömitasi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari aloqa boş boşqarmasi boşliği, Boş ştab boşliği örinbosari, general-leytenant Vadim Şamarinni qölga oldi, deb xabar qildi 23 may, payşanba kuni Rossiya OAV huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib.
Ma’lumotlarga köra, Şamarin ehtimoliy firibgarlik yuzasidan jinoyat işi böyiça qölga olingan. Generalning uyi tintuv qilindi, şundan söng uni Tergov qömitasining Harbiy tergov boş boşqarmasiga söroq qiliş uçun olib ketişdi.
Şamarin işi körib çiqilayotgan 235-garnizon harbiy sudida RBK agentligiga 22 may kuni general ikki oyga hibsga olingani aytildi. Şamarin, TASS xabariga köra, juda katta miqdorda pora olganlikda ayblangan. Unga 15 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin. Tergov qömitasi hozirça bu ma’lumotga izoh bermagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlariga nisbatan jinoiy işlar
Sönggi paytlarda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlariga qarşi bir neçta jinoiy iş qözğatilgani ma’lum böldi. Aprel oyi oxirida Moskvada mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov pora olganlikda ayblanib hibsga yuborildi. May oyida Rossiya Mudofaa vazirligining kadrlar bölimi boşliği Yuriy Kuznetsov uşlandi va u ham pora olganlikda ayblanmoqda. Bundan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilgan 58-armiyaning sobiq qömondoni Ivan Popov hibsga olingan. U firibgarlikda ayblanyapti.
2020 yilda Boş ştab boşliğining sobiq örinbosari, general-polkovnik Xalil Arslonov qurolli kuçlarni texnika bilan ta’minlaşda firibgarlik va korrupsiya işi böyiça qölga olingan edi. U firibgarlik va pora olişda ayblangan. 2022 yilda «Kommersant» Arslonovning işi yopiq rejimda körib çiqilişini yozgan, çiqarilgan hukm haqida heç narsa ma’lum emas.












