58-armiya sobiq qömondoni general-mayor Ivan Popovga nisbatan ayblov e’lon qilindi, biroq u öz aybini tan olmayapti. Bu haqda 24 may, juma kuni uning advokati Sergey Buynovskiy ma’lum qildi. «U barça ayblovlarni rad etdi, çunki tergov uni ayblayotgan narsada iştirok etmagan», - deya himoyaçining sözlaridan iqtibos keltiradi Rossiya OAV.

Popov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismiga binoan (uyuşgan guruh tomonidan yoki katta hajmdagi firibgarlik) hibsga olingan. 17 may kuni u ikki oyga qamoqqa yuborildi. Tergov ma’lumotlariga köra, u 2023 yilda jangovar aloqa çiziğidagi muhandislik mudofaa inşootlarini jihozlaş uçun möljallangan, qiymati 130 million rubldan ortiq bölgan 1,7 ming tonnadan ortiq metall prokatini öğirlaşda iştirok etgan. «Kommersant» naşri Popovning şeriklari orasida Krasnodar ölkasidan bölgan tadbirkor va Janubiy harbiy okrug ofitserini ham körsatgan. Generalni ön yilgaça qamoq jazosi kutmoqda. 

Tergov ham, himoyaçi ham suddan ehtiyot çorasini qayta körib çiqiş va Popovga uy qamoği tayinlaşni söramoqda. Avvalroq Buynovskiy RBKga generalning davlatdan olingan kvartirasi va ikkita yer uçastkasi borligini aytdi. U, şuningdek, bu işda «yanada jiddiyroq şaxs» borligiga işora qildi, lekin uning ismini aytişdan boş tortdi. 

Ivan Popov kim? 

Popov 58-qöşma qurolli armiya qömondoni edi. 2023 yil iyul oyida Davlat dumasi deputati Andrey Gurulev generalning harbiy xizmatçilarga audiomurojaatini e’lon qildi, unda u «yuqori boşqaruv bilan boğliq qiyin vaziyat» haqida gapirgan. 

Öşa oyda u Rossiya harbiy kontingentining «rahbarlaridan biri» sifatida Suriyaga jönatildi, deb yozdi Oliy rada sobiq deputati Oleg Tsarev özining Telegram-kanalida. 

Kreml hozirgi vaziyatga baho bermadi. Federatsiya kengaşi raisining birinçi örinbosari Andrey Turçak ta’kidlaganidek, «Ivanning vijdoni toza» va «Vatan bunday qömondonlar bilan faxrlanişi mumkin». 

Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlariga nisbatan jinoiy işlar 

General Popov işi bilan bir qatorda, yaqinda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlariga qarşi bir neçta jinoiy işlar oçilgani ma’lum böldi. Bir kun avval Rossiya Qurolli kuçlari aloqa boş boşqarmasi boşliği, Boş ştab boşliği örinbosari general-leytenant Vadim Şamarin hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.