Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda ma’lum qilgan Putinning yordamçisi Yuriy Uşakovga köra, taşrif davomida qator hujjatlarni imzolaş közda tutilgan.

“Hozirça şuni ayta olamanki, bugun-ertaga Belarusga taşrif böladi, yakşanba-duşanbada esa – Özbekistonga”, – degan Uşakovning sözlarini keltirdi “Interfaks”.

Taşrif davomida qandaydir hujjatlar imzolanişi kutilyaptimi, degan savolga, prezident yordamçisi: “Ha, rejalaştirilyapti. Bir neçta hujjatlar” deya javob bergan.

Özbekiston – RF rahbarining yangi muddatga saylanganidan keyingi uçinçi xorijiy manzili böladi. Vladimir Putin 16-17 may kunlari Xitoyda bölgan, 23-24 mayda esa Belarusda mehmon böladi.

Eslatib ötamiz, 21 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Unda Putinning Özbekistonga kutilayotgan davlat taşrifi ham muhokama qilingan.