26-27 may kunlarida Toşkent şahriga transport vositalarining kirişi taqiqlanişi va tungi vaqtda «Qamçiq» dovonida harakat çeklanişi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 26-27 may kunlarida Toşkentda xalqaro darajadagi tadbirlar bölib ötişi va ayrim yöllarda ta’mirlaş işlari olib borilayotganligi sababli ba’zi köçalarda transport vositalarining harakati qisman çeklanişi mumkin.
Ta’kidlanişiça, Toşkent şahriga transport vositalarining harakatlanib kirişiga heç qanday çeklovlar yöq.
Avvalroq, Yöl harakati xavfsizligi xizmati zarurat bölmaganda haydovçilarga Toşkent şahriga qarab harakatlanmaslikni tavsiya qilgan edi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi.

















