Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekistonga davlat taşrifini yakunlab, Toşkent xalqaro aeroportidan jönab ketdi. Uni aeroportda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev kuzatib qöydi.

Şu tariqa, 26-27 mayga reja qilingan taşrif bir kunga uzayib, 28 may kuni yakunlandi.

Kreml sözçisi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, Mirziyoyev va Putin örtasidagi muloqot 28 mayga ötar keçasi taxminan tong soat 3 gaça davom etgan.

“Bilişimça, ikkalalari keçasi taxminan soat 3 gaça gaplaşişdi. Çunonçi, Özbekiston prezidenti [Rossiya] prezident[i]ni özi yaşaydigan uyga taklif qildi. Bu – mutlaq işonç asosidagi muloqot, haqiqiy va şaxsiy döstlik”, dedi Peskov.

Uning sözlariga köra, davlat rahbarlari 28 may kuni birgalikda “yarimşaxsiy, yarimrasmiy nonuşta” qilişgan.

Taşrif reja qilinganidan uzoqroq davom etgani ikki tomonlama munosabatlarning kölami bilan boğliq, dedi Dmitriy Peskov.