2023 yilgi davlat budjeti ijrosi töğrisidagi “Fuqarolar uçun budjet” naşri e’lon qilindi. Unga köra, yirik soliq tölovçilarining budjet tuşumlaridagi uluşi qisqargan.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça biznes va aholidan undiriladigan soliqlar ösganiga qaramay, davlat budjeti daromadlari ösişi sekinlaşgan.

2022 yilda budjet daromadlari 22,4 foizga ösgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 14,8 foizni taşkil qilgan.

Xususan, yer soliğidan tuşumlar 29,9 foizga, mol-mulk soliğidan tuşumlar 27 foizga, jismoniy şaxslarning daromad soliğidan tuşumlar 23,25 foizga, bojxona bojlaridan tuşumlar esa 67,2 foizga oşgan.

Budjet daromadlarining oldingi yilga nisbatan kamroq ösgani yirik soliq tölovçilarning budjet tuşumlaridagi uluşi kamaygani bilan boğliq.

Yirik soliq tölovçilarning davlat budjetidagi uluşi.
Foto: bakiroo telegram kanali

“Oltin narxlari osmonga örlaganiga qaramay, eng yirik soliq tölovçi NKMKning uluşi 0,41 foizga pasaygan. Misning yuqori narxlariga qaramay OKMKning uluşi 2,38 foizga pasaygan.

Energetikada ahvol tubga qarab ketayotganini tuşumlar uluşidan qarab ham biliş mumkin. “Özbekneftgaz” uluşi 0,22 foizga, “Öztransgaz” uluşi 0,92 foizga, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi uluşi 0,16 foizga, Uz-Kor Gas Chemical uluşi 0,25 foizga qulagan”, - deb yozadi Otabek Bakirov.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oltin narxining ösişi foyda soliği tuşumlarini oşirgan

Hisobotda keltirilişiça, toğ-kon va metallurgiya sanoati korxonalarining asosiy işlab çiqariş tovari hisoblangan oltinning 1 unsiyasi uçun jahon bozoridagi örtaça yillik narx 1 941,8 AQŞ dollariga oşişi foyda soliği tuşumlarining 2022 yilga nisbatan 6,2 foizga köpayişiga olib kelgan.