Nazorat tadbiri davomida 33 yoşli fuqaro M.I. Toşkent viloyatining Böstonliq tumani hududida gumonlanib tekşirilgan. Uning yonida bölgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) közdan keçirilganda, ehtiyot qism içiga joylaştirilgan 12 ta öramdagi, (“qora bozor”dagi taxminiy narxi 4 milliard 800 million sömga teng) bölgan, ekspertiza xulosasiga köra, 6 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va daliliy aşyo sifatida olingan.

Uşlangan şaxsning yaşaş xonadoni tekşirilganida, sintetik vositalarni kiçik miqdorga ajratib, qadoqlaş va tarqatiş uçun kerakli vositalar borligi ma’lum bölgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273 moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek, ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki suriştiruvga köra, unga uşbu sintetik giyohvandlik vositalari tegişli Telegram-bot yordamida Qirğizistondan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilgani aniqlangan. Hozirda uşbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlaş böyiça tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.