Lavozimga yana ilgari surilgan AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp Xitoyning ByteDance konserniga tegişli TikTok ijtimoiy tarmoğida akkaunt oçdi. Bu haqda 2 iyun, yakşanba kuni Tramp öz akkauntida birinçi videoni e’lon qilganida ma’lum böldi. 

Video aralaş yakkakuraşlar böyiça xalqaro taşkilot - Ultimate Fighting Championship (UFC)ning Nyuarkda bölib ötgan tadbirlaridan birida suratga olingan. Videoda UFC boş direktori Dana Uayt ham paydo bölgan - videoning boşida u «prezident endi TikTok’da» ekanligini ta’kidlagan, Tramp esa «bu juda şarafli» ekanini aytgan. Qisqa videoning qolgan qismi AQŞ sobiq prezidenti tribunadagi tomoşabinlarga qöl siltab, ular bilan selfi tuşayotgani tasvirlaridan iborat. 

TikTok akkaunti Trampga öz tomoniga yoş auditoriyani, jumladan AQŞda bölib ötadigan prezidentlik saylovlari oldidan potensial saylovçilarni jalb qilişga yordam berişi mumkin, deya ta’kidlaydi Politico. 24 soatdan kamroq vaqt içida Trampning birinçi videosi taxminan 56 million marta tomoşa qilindi va uning akkauntiga deyarli 3 million foydalanuvçi obuna böldi. 

Bir neça oy oldin AQŞning amaldagi prezidenti Jo Baydenning saylovoldi ştabi TikTok akkauntini oçdi - uning 340 mingga yaqin obunaçisi bor. 

TikTok AQŞ rasmiylari bilan kelişmovçiliklarni davom ettirmoqda

Bayden saylovoldi ştabi TikTok’da akkauntga ega bölişiga qaramay, AQŞ rasmiylari sönggi oylarda mamlakatda ijtimoiy tarmoq işini çeklaşga urinmoqda. Aprel oyida Bayden Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan qonunni imzoladi, unga köra ijtimoiy tarmoqning xitoylik egasi öz biznesini bir yil içida Xitoy yurisdiksiyasiga kirmaydigan kompaniyaga sotiş majburiyatini oladi. Aks holda, TikTok AQŞda bloklanişi mumkin.

TikTok rahbariyati AQŞ rasmiylarining talablariga qarşi sudda kuraş olib borişini aytdi. «Faktlar va konstitutsiya biz tomonda va biz yana ğalaba qozonamiz», dedi onlayn-platforma rahbari Şou Tszi Çu. 

Donald Tramp ham prezidentlik davrida AQŞda TikTok’ni taqiqlaşga uringan, biroq sud uning qarorini bloklagan. Sobiq prezident ham Bayden kabi öz talablarini milliy xavfsizlik bilan asoslagan. Ammo Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida mağlub bölganidan söng, u TikTok’ni Amerika ijtimoiy tarmoqlariga «zaruriy muvozanat» deb atadi, ular uning saylovoldi kampaniyasidagi reklamalarini olib taşladi va keyinçalik Kapitoliyga bostirib kirişga undagani uçun Trampning akkauntlarini bloklab qöydi.