Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoşlarimiz uçun yaratilgan şaroitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida söradi.

Şayx Nuriddin Xoliqnazar Şavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi.

Bu yil ham Haj tadbirlari yuqori saviyada, tartibli taşkil etilgani ta’kidlandi. Hududlardagi Haj markazlari orqali işlar uyuşqoqlik bilan olib borildi. Vazirlar Mahkamasi boşçiligida Din işlari böyiça qömita, Taşqi işlar vazirligi, Transport vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa tuzilmalar hamkorligida ziyoratçilar uçun barça şaroit yaratildi.

Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoşimiz Saudiya Arabistonida bölib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro Haj ibodatiga muyassar böladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali şifokor, oşpazlar, tarjimonlar va boşqa kömakçilar hamrohlik qiladi.

Bu kabi e’tibor va şaroitlarni arabistonlik mutasaddilar ham yuqori baholab, Özbekiston Prezidentiga hurmat va duolarini izhor etmoqdalar.

Bu yildan boşlab bir yangilik – Saudiya Arabistonida bölib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratçilar tomonidan Qur’oni karimni xatm qiliş yölga qöyildi. Hozirgaça 1 ming 515 ta xatm öqilib, yurtimizga tinçlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan.

Davlat rahbari yurtdoşlarimiz muqaddas Haj ibodatini mukammal ado etib, soğ-omon kelişlarini tiladi. Özbekistonga qaytgaç, hojilar jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş, jaholatga qarşi ma’rifat bilan kuraşiş, yoşlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bölişlariga umid bildirdi.

Suhbat samimiy va kötarinki ruhda ötdi.