Yangi HUAWEI nova 12i, HUAWEI nova 12s va HUAWEI nova 12se smartfonlari kuchli batareyalar, tezkor quvvatlanish xususiyatlari, xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. 

HUAWEI nova 12i – EMUI 14 yangi interfeysi bilan jihozlangan birinchi smartfon

Ushbu model 108 MP yuqori aniqlikdagi kamera, HUAWEI SuperCharge Turbo 40 Vt tezkor zaryadkasi va kuchli 5000 mA/s batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, atigi 30 daqiqada 62% gacha quvvatlash mumkin.

67 dyuymli ekran AOD (doimiy ekran-zastavka ko‘rsatish) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon ikki rangda: yashil va qora taqdim etilgan. Kamera dizayni yulduz shaklidagi halqa ko‘rinishida bo‘lib, simmetriya estetikasini namoyon etadi. HUAWEI nova 12i smartfonining asosiy kamerasi 108 MP yuqori aniqlikdagi obektiv, f/1.9 diafragmasi va katta 1/167 dyuymli sensor bilan jihozlangan. HUAWEI nova 12i - bu EMUI 14 yangi interfeysi bilan jihozlangan birinchi smartfon bo‘lib, u ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yuqoriroq imkoniyatlarga ega va foydalanuvchi tajribasini yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi.

Noodatiy dizayndagi HUAWEI nova 12s

Modelning jozibali jihatlaridan biri - HUAWEI SuperCharge Turbo 2.0 66 Vt tezkor zaryadkasi hisoblanadi. Qurilmada 60 MP ultrakeng burchakli old kamera va 50 MP asosiy ultraobektiv bo‘lib, ultraingichka korpus 6.88 mm bilan ajralib turadi. HUAWEI nova 12s va HUAWEI nova 12se OLED-displeylar bilan jihozlangan bo‘lib, ular AOD (doimiy ekran-zastavka ko‘rsatish) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 12s modeli 6.7 dyuymli ekran 120 Gs yangilanish tezligi bilan, 12se modeli esa 6.67 dyuymli ekran 90 Gs yangilanish tezligi bilan ta’minlangan.

HUAWEI nova 12s ultrakeng burchakli old kamera 100° 60 MP, f/2.4 diafragmali asosiy ultrakamera 50 MP, f/1.9 diafragmali va XD Portrait Engine texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan va keng burchakli makromodul 8 MP, f/2.2 diafragmali bilan jihozlangan.

HUAWEI nova 12s uch xil – ko‘k, oq va qora ranglarda taqdim etilgan. Modelning ajralib turadigan jihati – noodatiy dizayni bo‘lib, orqa panelning yorqin ranglariga noyob naqshlar tushirilgan va asosiy kamera orbital halqa shaklida yaratilgan.