Hindistonning Milliy demokratik alyansi (NDA) yetakçilari 5 iyun kungi yiğilişda Narendra Modini bir ovozdan NDA rahbari etib sayladi.
«Biz, NDA yetakçilari, bir ovozdan hurmatli Narendra Modini öz yetakçimiz etib saylaymiz», deyiladi alyans bayonotida.
Bayonotda aytilişiça, alyans «mamlakatni har tomonlama rivojlantiriş uçun Hindiston xalqining turmuş darajasini oşirişga qaratilgan faoliyatni davom ettiradi».
Avvalroq, Hindistonda bölib ötgan parlament saylovlarida boş vazir Modining «Bharatiya Janata» partiyasi (BJP) ğalaba qozongan, şundan söng, Modi qonunçilikka köra iste’foga çiqqan edi.
Modining partiyasi saylov yakunlariga köra, parlamentdagi 240 örinni qölga kiritgan edi. Bu köpçilik böliş uçun yetarli emas edi, lekin NDA 292 örinni qölga kiritib, 543 örinli parlamentda köpçilikni ta’minladi.
Endi Modi NDA tomonidan şakllantiriladigan hukumatni boşqarişi va qatorasiga uçinçi muddat boş vazir lavozimini egallaşi kutilmoqda. U 8 iyun kuni qasamyod qiladi va yangi hukumatni şakllantiradi.












