Özbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasining birinçi reaktorini 5 yildan keyin işga tuşiriş rejalaştirilyapti. Bu haqda Spot'ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Loyiha Jizzax viloyatining Foriş tumani Tuzkon köli yaqinidagi dastlab yirik atom elektr stansiyasini joylaştiriş masalasi körib çiqilgan avval tasdiqlangan maydonda amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

«Örnatilgan quvvati 330 MVt bölgan oltita RITM-200N reaktor bloki negizida kam quvvatli atom elektr stansiyasini quriş loyihasining qiymati maxfiy ma’lumotlar bölib, oşkor etilmaydi», — deyiladi agentlik axborotida.

Kiçik AESning birinçi reaktori quvvatini işga tuşiriş joriy yilning yozida boşlanişi kerak bölgan ustuvor işlar tugaganidan 60 oy (5 yil) ötib amalga oşiriladi.

Har bir keyingi reaktor olti oy içida işga tuşiriladi. Oltita reaktorli kiçik AESning töliq işga tuşirilişi 2032 yil yoki undan keyinga reja qilingan.

AES qurilişi böyiça şartnoma 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toşkentga taşrifi çoğida AES quriş direksiyasi va «Atomstroyeksport» kompaniyasi («Rosatom»ning injiniring bölimi) örtasida tuzilgan edi.