6 iyun kuni Nyu-Yorkdagi BMT ştab-kvartirasida Boş Assambleya prezidenti saylovi bölib ötdi. Uning yakuniga köra, sentabr oyida boşlanadigan 79-sessiyasini kamerunlik Filemon Yan boşqaradigan böldi.
BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş saylangan nomzodni tabriklab, Boş Assambleyaning amaldagi prezidenti, asli Trinidad va Tobagodan bölgan Dennis Frensis «Asambleya işini beqiyos diplomatik mahorat bilan boşqarganini» ta’kidladi.
BMT rahbarining qayd etişiça, yangi rais Boş Assambleyani murakkab vaziyatda boşqarişi kutilmoqda.
«Mojarolar davom etmoqda. Iqlim muammolari kuçaymoqda. Qaşşoqlik va tengsizlik butun dunyoda keng tarqalgan. Işonçsizlik odamlarni ajratib qöymoqda. Bu qiyinçiliklarga qaramay, biz yanada tinç va barqaror dunyo quriş maqsadimizni unutmasligimiz kerak. Özidan oldingi saylangan rais kabi Yan ham bu maqsadga erişişda muhim rol öynaydi», dedi BMT rahbari.
Yan davlat xizmatçisi va diplomat sifatida katta tajribaga ega va Afrika Ittifoqi bilan eng yuqori darajalarda, jumladan Kamerun Boş vaziri sifatida işlagan. Guterrişning sözlariga köra, Yan öz qit’asi kelajagiga sodiqdir.
«Kamerun kabi Afrika mamlakatlari ulkan salohiyatga ega. Bu potensialni röyobga çiqariş bizdan Afrika mamlakatlarini va butun dunyo böylab rivojlanayotgan mamlakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun birlaşişimizni talab qiladi», dedi Guterriş.
«Uşbu muhim işda Assambleya va uning prezidenti töliq qöllab-quvvatlaşimga işonişi mumkin», deb xulosa qildi BMT rahbari.












