Ijtimoiy tarmoqlarda Çirçiq şahri köp tarmoqli tibbiyot markazida ötkazilgan yiğiliş videosi tarqaldi. Unda yiğilişni olib borayotgan, boş şifokorining davolaş işlari böyiça örinbosari Nizom Abdullayev ekani aytilayotgan şaxs tibbiyot xodimlarini haqorat qilganini köriş mumkin.
Lavhada körinişiça, uşbu yiğiliş 2024 yilning 6 iyun kuni ertalab ötkazilgan. Unda köplab tibbiyot xodimlari, jumladan, xotin-qizlar, hamşiralar iştirok etgan.
“Men gapirganimda unga qaraş kerak emas, oğayni. Gapirganda yozib oliş kerak-da, keyin ana yerga olib kirib, ... kerak. Men gapirdimmi, unga qaramang, böldi. Siz qarab böldingiz. Endi menga qarang-da, bittalab yozib oling. Keyin xonangizga olib kiring-da, ..... qöying”, degan Nizom Abdullayev tibbiyot xodimlaridan ikki nafarini örnidan turğizib qöyib.

Boş şifokor örinbosari yiğilişda xotin-qizlar ham iştirok etayotganiga qaramay, tibbiyot xodimlariga qarata haqoratli sözlarni işlatgan. Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, voqea joriy yilning 7 iyun kuni Çirçiq şahrida joylaşgan viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazining ertalabki hisobot yiğilişi vaqtida kuzatilgan. Qayd etilişiça, ayni paytda mazkur holat yuzasidan boşqarma tomonidan işçi guruh tuzilib, holat atrofliça örganilmoqda. Örganiş natijalari böyiça qöşimça ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasiga köra, haqorat qiliş, ya’ni şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

















