Buxoro viloyati, Şofirkon tumanida yaşovçi ayol kiçik yoşdagi farzandini 2 yil davomida muttasil kaltaklab kelgani tufayli 3 yilga qamaldi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinişiça, jinoyat işlari böyiça Şofirkon tumani sudi ayolga nisbatan oçilgan işni mazmunan körib çiqib, Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi, «v» bandi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Ta’kidlanişiça, hozir vasiylik va homiylik organi tomonidan ayolning farzandiga nisbatan bölgan onalik huquqidan mahrum qiliş masalasi bilan boğliq tegişli çoralar körilmoqda.

Şofirkon tumani «Inson» ijtimoiy markazi tomonidan 6 yaşar bolaga vasiy tayinlanib, uning qaramoğiga topşirilgan.












