Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin haftalarda Şimoliy Koreyaga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi «Vedomosti» gazetasi 10 iyun, duşanba kuni diplomatik doiralardagi manbasiga tayanib.
Hozir Putinning Pxenyanga taşrifiga «faol tayyorgarlik körilmoqda», dedi Rossiyaning KXDRdagi elçisi Aleksandr Matsegora naşrga. Bundan taşqari, «Vedomosti»ning yozişiça, Putin Vetnamga taşrif buyuriş niyatida. Naşr manbalaridan biriga köra, ikkala safar ham iyun oyida bölib ötişi mumkin.
Şimoliy Koreya qurollarining Rossiyaga yetkazib berilişi va muzokara mavzulari
Ukrainaga keng kölamli harbiy hujum boşlanganidan beri Rossiya yadroviy dasturi tufayli xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan Şimoliy Koreya bilan hamkorlikni kuçaytirdi. Ğarb davlatlari vakillarining fikriça, Pxenyan Moskvani artilleriya snaryadlari va raketalar bilan ta’minlaydi. Rossiyada bu ma’lumot na tasdiqlandi, na inkor etildi.
«Vedomosti» qayd etişiça, Putinning KXDRga taşrifi çoğida Şimoliy Koreya işçilarini Rossiyaga yuboriş masalasi ham muhokama qilinişi mumkin. Reuters agentligining eslatişiça, Ukrainaga qarşi uruş tufayli Rossiya iqtisodiyoti ötkir işçi kuçi tanqisligiga duç kelmoqda, çunki köplab erkaklar frontga jönatilgan, ularning bir qismi harbiy xizmatdan qoçiş uçun mamlakatni tark etgan.
Kim Çen Inning Rossiyaga taşrifi
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In 2023 yil sentabrida Rossiyaga taşrif buyurib, zirhli poyezdda Uzoq Şarqqa kelgan edi. Taşrif davomida u Vladimir Putinni Şimoliy Koreyaga taklif qildi, Rossiya prezidenti bunga rozi böldi. Fevral oyida Kim Çen Inning tuğilgan kunida RF Şimoliy Koreya yetakçisiga Rossiyada işlab çiqarilgan limuzin sovğa qilgan va şu bilan BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan KXDR yadroviy dasturi tufayli Pxenyanga qarşi joriy qilingan sanksiyalarni buzgan edi.
Şu paytgaça Putin KXDRga faqat bir marta – Şimoliy Koreyani Kim Çen Ir boşqargan 2000 yilda, birinçi prezidentlik muddatining borgan.
2024 yilda bu Putinning törtinçi va beşinçi rasmiy xorijiy taşriflari böladi. 16-17 may kunlari Rossiya prezidenti Xitoyga, 23-24 may kunlari Belarusga, 26-27 may kunlari Özbekistonga taşrif buyurdi.












