Armaniston Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotini tark etadi, boşqa yöl yöq, dedi mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan.
«Çiqamiz. Qaçon çiqişni hal qilib olamiz. Sizning fikringizça, keyingi qadam qanday bölişi kerak edi? Axir ortga qaytmaymiz-ku! Boşqa yöl yöq», — degan Paşinyan parlamentdagi hukumat soati vaqtida.
U sobiq hukumatni a’zolari «Ozarboyjon bilan Armanistonga qarşi uruş rejalaştirgan» «pufak ittifoq»qa a’zo bölişda ayblagan.
Endi hukumat qay tomon yöl olgani töğrisidagi savolga Paşinyan şunday javob qaytargan: «Biz real Armanistonga, Armaniston Respublikasiga — suveren, xavfsiz, çegaralari delimitatsiya qilingan tinç davlat tomon ketyapmiz. Xavotirlanmang, biz ortga qaytmaymiz».
Bu Paşinyan birinçi bor şu kabi bayonotlar bilan çiqişi emas. U avval ham taşkilotni Armaniston va Ozarboyjon mojarosi vaqtida yordam körsatmagani uçun tanqid qilgan, may oyi oxirida esa tuzilma a’zolari bölgan ikki mamlakat Qoraboğdagi uruşga tayyorgarlik körişda iştirok etganini aytgan, ammo gap qaysi davlat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagandi (KXŞTga Armanistondan taşqari Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston ham a’zo edi).
Fevral oyida Paşinyan mamlakatning KXŞTga a’zoligi muzlatilganini ma’lum qilgandi. May oyi boşida Armaniston hukumati KXŞTni moliyalaştirişda iştirok etmasligini e’lon qildi.
Yerevanning KXŞTni moliyalaştirişdan boş tortiş töğrisidagi qaroriga munosabat bildirgan Rossiya TIV taşkilot budjetiga özgartiriş kiritilişini ma’lum qilgan, ammo respublikaning birlaşma oldida moliyaviy majburiyatlari qolayotganini eslatgan. Vazirlikdagilarning hisoblaşiça, Armanistonning KXŞTdan çiqişi mamlakatni «Janubiy Kavkazdagi öta xavfli rejalarini amalga oşiriş vositasi»ga aylantirmoqçi bölayotgan AQŞ va Yevroittifoq istagi bilan röy bermoqda.
Şu bilan birga, Kremldagilar arman tomoni bilan nafaqat KXŞT doirasida, balki ikki tomonlama miqyosda ham aloqalarni davom ettirişga tayyor ekanini bildirgandi.
Bir kun oldin, 11 iyun kuni Armaniston AQŞ bilan munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga kötarişini ma’lum qilgandi. Bu Vaşington iqtisodiy va mudofaa sohalaridagi islohotlarda yordam körsatişini nazarda tutadi, ammo AQŞ armiyasining ehtimoliy mojarodagi aralaşuvini anglatmaydi. AQŞ davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari böyiça örinbosari Jyeyms ÖBrayyen ham Vaşington Yerevan bilan xavfsizlik sohasidagi munosabatlarni rejalaştirayotganini aytgan.












