Qoraqalpoğistonda töy kortejida yöl talaşib, bir-birining avtomobiliga qasddan şikast yetkazgan haydovçilarga jazo tayinlandi. Bunday qonunbuzarlikni sodir qilgan 13 nafar şaxsning har biri 15 sutkaga qamaldi. Ularning orasida töy egasi ham bor. 

Qayd qilinişiça, 12 iyun kuni Kegeyli tumanida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan A.N. nikoh töyida 9 ta maşina Nukus şahridan Kegeyli tumaniga qarab kortej bölib harakatlangan. 

Töy egasi özi ötirgan maşina orqasidan birinçi bölib yetib borgan haydovçiga 200 AQŞ dollar berişini va’da qilgan. Şundan söng, haydovçilar kimözarga harakatlanib, yöl talaşib, bir-biri bilan qasddan töqnaşgan. 

13 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Nukus şahri sudi 13 nafar iştirokçiga taalluqli ma’muriy işni körib çiqdi. Ular «axloq-odob me’yorlarini mensimaslik, jamoat tartibini buzganlikda» ayblanib, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) köra 15 sutkaga qamaldi. Jazolanganlar orasida töy egasi ham borligi ta’kidlanmoqda. 

Şuningdek, töy saylida iştirok etgan 9 ta maşina jarima maydoniga qöyilib, haydovçilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.