Britaniyaning nufuzli The Guardian gazetasida "Asr körgazmasi: Özbekistondan Londongaça bölgan Ipak yöli" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
"Dunyo" xabariga köra, naşrda Britaniya muzeylarida ilk bor VII asrda yaratilgan olti metr uzunlikdagi monumental devoriy surat, şuningdek, VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan dunyodagi eng qadimgi şaxmat doskasi kabi Samarqand muzeylari kolleksiyalaridan namunalar namoyiş etilişi ta’kidlagan.
Ma’lum qilinişiça, eksponatlar joriy yilning sentabr oyida oçiladigan körgazma uçun qadimiy Samarqand şahridan Britaniyaga yetkaziladi. "Tarixda birinçi marta Özbekiston muzeylaridagi eksponatlar Britaniyaga keltirilmoqda", deyiladi maqolada.
Qayd etilişiça, uşbu körgazmada 300 dan ortiq eksponatlar 29 ta milliy va xalqaro muassasalar tomonidan taqdim etiladi.
"Tuya, ot va fil minayotgan odamlar tasvirlangan olti metrli devoriy surat Samarqanddagi muzeyning "Elçilar zali"da joylaşgan. 660 yillarga oid va 1960 yillarda topilgan uşbu qadimiy surat mintaqada yirik savdogarlar bölgan qadimgi suğdlar tomonidan yaratilgan noyob san’at namunasidir", – deya ta’kidlagan The Guardian.
Maqolada, şuningdek, 2025 yilning fevraliga qadar davom etadigan uşbu körgazma çiptalari yaqin kunlarda sotuvga çiqarilişi xabar qilingan.












