Rossiyada «Sen yolg‘iz emassan» marafonining sayti bloklandi
Mustaqil OAV «FBK» bilan siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazgan marafonning june12.io sayti endi Rossiyada ishlamayapti. Tashkilotchilar keyingi muloqotni elektron pochta orqali amalga oshirishni so‘rayapti.
Rossiyada 12 iyun kuni mustaqil OAV Korrupsiyaga qarshi kurash fondi («FBK») bilan hamkorlikda siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazgan «Sen yolg‘iz emassan» marafonining sayti bloklandi. «Meduza» 14 iyun, juma kuni o‘z tekshiruviga asoslanib, june12.io. sayti Rossiyada endi ishlamayotganini tasdiqladi.
Nashr o‘z veb-saytida rossiyalik siyosiy mahbuslarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni taklif qildi, bunday qo‘llab-quvvatlash usullarini tushuntirdi va aloqa uchun ariza shakli, aloqa va elektron pochta manzilini ko‘rsatdi. «Yordam marafon tugaganidan keyin ham qabul qilinmoqda», - deyiladi marafon tashkilotchilaridan biri bo‘lgan «Meduza» xabarida.
Mustaqil OAV va «FBK» 12 iyun kuni «Sen yolg‘iz emassan» marafonini o‘tkazdi
Rossiya mustaqil matbuoti «FBK» bilan birgalikda 12 iyun kuni siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Sen yolg‘iz emassan» deb nomlangan marafon o‘tkazdi. Aksiya tashkilotchilari orasida «Mediazona», «Meduza», «Dojd», shuningdek, «FBK»ning «Populyarnaya politika» va «Navalnyy Live» loyihalari bor. Qutb doirasi ortidagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya aksiyada ishtirok etishga chaqirdi.
Rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash marafoni ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. 2023 yilda kampaniya davomida 40 million rublga yaqin pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi, deya xabar beradi Navalniy jamoasi. Ushbu mablag‘larning katta qismi mahbuslar, ularning qarindoshlari va repressiyadan qochganlarga o‘tkazildi. Xayriyalar yordamida jarimalar va advokatlarning ish haqi ham to‘langan. Bundan tashqari, pulning bir qismi siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
18:37 / 20.01.2025
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
21:13 / 19.01.2025
Suriyaning yangi hukumati Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importini taqiqladi
12:03 / 18.01.2025
Rossiyaning Kriviy Rigga zarbasi: to‘rt kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi
09:55 / 18.01.2025