Namangan viloyatining Çortoq tumanida voyaga yetmagan qizni öğirlab ketgan şaxs qölga olindi.
Kun.uz örgangan iş hujjatlarida keltirilişiça, bu işni 1977 yilda tuğilgan, bugungaça 5 marotaba sudlangan, Çortoq tumanining Beşkapa mahallasida yolğiz yaşovçi A.I. qilgan.
U 2024 yil 12 iyun kuni soat 19:30 larda mast holda tumanning Nurafşon mahallasi Ziyokor köçasidan ötib ketayotib, şu yerda yolğiz öynab yurgan 11 yoşli qizni aldab, öğirlab ketgan. Söngra uni şaxsiy erkinligidan mahrum etiş maqsadida özi yolğiz yaşab kelayotgan uyga olib borib, yaşirgan.
A.I. notaniş bölgan voyaga yetmagan qizni yaşaş xonadoniga olib kirib ketganini qöşnisi körib qolgan hamda tuman IIB navbatçilik qismiga xabar bergan. IIB xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, öğirlab olib kelingan voyaga yetmagan qizni erkakning yaşaş uyidan topişgan. Qizaloq özining oila a’zolariga topşirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan şaxsni öğirlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va A.I. gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan. Erkakka nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Özbekistonda bola öğrilari paydo bölgani rostmi? — IIV mas’uli bilan suhbat










