Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda poyezd yengil mashinani urib yuborishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyatida Gentra’ni poyezd urib ketdi. Voqea oqibatida mashina ichidagi barcha – besh ayol va kichik bola vafot etdi. Mashina haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd Gentra’ni urib yuborishidan 6 kishi halok bo‘ldi. YTHdan keyingi holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 13 sentabr kuni Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘ldi.
Gentra haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» mashinada olti kishi besh ayol va kichik bola bo‘lgani, kuchli to‘qnashuv oqibatida mashinada hech kim omon qolmagani haqida xabar bergan.
Poyezd mashinistlari shoshilinch tormozni qo‘llashgan, ammo fojianing oldini olishning iloji bo‘lmagan. Poyezdga qisman zarar yetgan.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026