Özbekistonlik rejissyor Ruslan Soliyevning «Orzumandlar» hujjatli filmi Fransiyaning Kann şahrida bölib ötgan World Film Festival kinofestivalida «Eng yaxşi ma’rifiy film» nominatsiyasida ğolib böldi. 

BWG Production tomonidan suratga olingan hujjatli filmda XIX asr oxiri — XX asr boşlarida Rossiya imperiyasi va XX asr birinçi yarmida Turkiston ölkasida jadidçilik islohoti harakati vakillari haqida hikoya qilinadi. Harakat haqida dunyoning turli burçaklaridan kelgan tadqiqotçilar va ilğor odamlarning qarindoşlari sözlab berişgan. 

Filmda jadidlarning sinfiy jamiyat qurgan tuzum doirasida milliy özlikni saqlaşga intilişi körsatilgan. Sovet hokimiyatiga işongan ilğor odamlarning xatolari körsatilgan. Musulmon jamiyatida gender tengligiga, jumladan, şoira Anbar-otin misolida e’tibor qaratilgan. Anbar-otin rolini taniqli tojik-rus qöşiqçisi Manija ijro etgan, bu film uning debyuti hisoblanadi. Suratga oliş işlari Özbekiston, Rossiya va Turkiyada olib borilgan. 

Sönggi yillarda Özbekistonda tarixga, jumladan, jadidçilik harakatiga bağişlangan köplab filmlar suratga olindi. Avvalroq maşhur jadidlarga bağişlangan hujjatli filmlar turkumi çiqqan edi. «Behbudiy», «Muqimiy», «Avloniy» kabi badiiy filmlar şular jumlasidan.