21 iyun kuni Senatning ellik uçinçi yalpi majlisi çaqiriladi.

Yalpi majlisda Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimiga nomzodni körib çiqiş hamda Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisini saylaş, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tarkibiga özgartirişlar kiritiş masalalari ham körib çiqiladi.

Ma’lumot uçun, hozirgi boş prokuror Niğmatulla Yöldoşev bu lavozimda 2019 yil iyunidan buyon işlab kelmoqda.

Amaldagi tartibga köra, Boş prokurorning vakolat muddati 5 yil. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining Boş prokurori lavozimini egallaşi mumkin emas.

Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisi lavozimi esa 2023 yil noyabrida Şohrux Şorahmedov ketganidan buyon böş qolmoqda.

Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabariga köra, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan yalpi majlisda yana qator masalalarni muhokama qiliş nazarda tutilgan.

«Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida»gi, «Kiberxavfsizlikni ta’minlaş sohasidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi, «Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida»gi qonunlar şular jumlasidandir.