Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilari assotsiatsiyasi (ACEA) ma’lumotlariga köra, Yevropa böylab elektromobillarga bölgan talab dinamikasida sezilarli farqlar mavjud. Taşkilotning 20 iyun, payşanba kuni xabar berişiça, Germaniyada yangi elektromobillar savdosi may oyida ötgan yilning şu oyiga nisbatan 30,6 foizga kamaydi. 

Belgiya va Fransiyada elektr transport vositalariga talab ortib bormoqda 

Yevropaning Germaniyadan keyin ikkinçi yirik elektr avtomobil bozori bölgan Fransiyada xuddi şu körsatkiç 5,4 foizga, uçinçi örindagi Belgiyada esa 44,8 foizga oşgani ta’kidlangan. 

Joriy yilning dastlabki beş oyida 2023 yilning şu davriga nisbatan Germaniyada elektromobillarga talab 16 foizga kamaygan bölsa, Fransiyada bu körsatkiç 23 foizga oşgan. Talabning pasayişi Italiyada ham kuzatilmoqda (2024 yilning yanvaridan mayigaça bölgan davrda minus 19 foiz), Niderlandiya va Ispaniyada sotuvlar ösişi qayd etilgan. 

Yevropa Ittifoqi böylab may oyida elektromobillarni röyxatga oliş 12 foizga qisqarib, 114 308 donani taşkil etdi, ularning avtomobil bozoridagi uluşi esa 12,5 foizga kamaydi. Yilning beş oyida bu körsatkiç 2 foizga oşib, 556 ming 276 donani taşkil qildi. Şu bilan birga, barça turdagi dvigatelli avtomobillarning umumiy sotuvi may oyida Yevropa Ittifoqining barça mamlakatlarida 3 foizga kamayib, 912 mingta avtomobilga teng böldi, 2024 yilning beş oyida esa bu körsatkiç 4,6 foizga oşib, 4,6 million donani taşkil etdi, deya xabar beradi ACEA. 

Germaniyada talab pasayişi davlat tomonidan qöllab-quvvatlov tugaşi bilan boğliq

2023 yilda davlat tomonidan qöllab-quvvatlov töxtatilişi fonida Germaniyada elektromobillarga bölgan talab pasayib bormoqda: ötgan yil boşida gibrid dvigatelli avtomobillar xaridorlari davlat subsidiyalaridan mahrum böldi.

Bundan taşqari, Germaniyada elektromobillarga talabning pasayişiga, ekspertlar fikriga köra, uşbu mamlakatda ekologik toza yonilğidan foydalaniş imkoni bölgan içki yonuv dvigatellariga ega avtomobillar ommabopligi qayta muhokama qilinayotgani yordam berdi. 

2023 yilda Yevropa Ittifoqida 10,5 million yangi avtomobil sotilgan, bu 2022 yilga nisbatan 14 foizga köpdir.