Ahmad Xudoyşukuroviç Suvonqulov «Özsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Ahmad Suvonqulov 1968 yilda Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida tuğilgan, Toşkent davlat texnika universiteti (1994) hamda Toşkent moliya institutini (2009) tamomlagan.
Turli yillarda viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tasarrufidagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi»ning quriliş böyiça xarid va loyihaoldi hujjatlarini ekspertiza qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-2021 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi örinbosari bölgan.
Mazkur tayinlovgaça Surxondaryo viloyati hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.
Ma’lumot uçun, «Özsuvta’minot» rahbarligi 2023 yil iyul oyida Dilşod Azimovga topşirilgandi. U 2024 yil may oyida lavozimidan ozod etilgandi.












