Barselonaning 1-tergov sudi rahbari Xoakin Agirre 21 iyun, juma kuni Rossiyaning 2017 yilda Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qilişga uringan Kataloniya atrofidagi voqealarga aralaşuvi bilan boğliq işni tergov qilişni boşladi. Işni oçiş uçun sönggi yillarda Ispaniya maxsus xizmatlari tomonidan töplangan köplab faktlar asos böldi. Agirrening fikriça, Moskva ayirmaçilarga yordam bergan.
Beqarorlaştiriş maqsadida
Bu işda Kataloniyaning 11 nafar siyosatçisi va rasmiylari, jumladan, Kataloniya sobiq rahbari Karles Puçdemon va uning eng yaqin hamkorlari gumon qilinmoqda. DW muxbiri tomonidan körib çiqilgan tergov boşlanişi haqidagi 56 sahifalik qarorda qayd etilişiça, Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari «öz rejalarini amalga oşiriş uçun Rossiyadan yordam kutişgan». Ular davlatga xiyonat qiliş va mintaqa budjetidan maqsadsiz foydalanişda gumon qilinmoqda.
Rossiyaning Kataloniyadagi harakatlari, Xoakin Agirre sözlariga köra, uning «Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini siyosiy va iqtisodiy jihatdan beqarorlaştiriş istagi» bilan izohlanadi. Uning eslaşiça, Moskva boşqa davlatlarga nisbatan, ayniqsa, ularda bölib ötayotgan saylovlarda ham şunday urinişlar qilgan. Ammo Kataloniyada, tergovçiga köra, Rossiyaning niyatlari mintaqa rahbariyati tomonidan qöllab-quvvatlangani uçun alohida xavf tuğdirgan.
Moskvaning takliflari
Tergov sudining hujjatida qayd etilişiça, Ispaniya razvedka xizmatlari Rossiya vakillari va kataloniyaliklar örtasida bir qator aloqalarni aniqlagan. Tintuvlar va telefon suhbatlarini tinglaş materiallaridan ma’lum bölişiça, Moskva emissarlari 2017 yil oktyabr oyida Puçdemonning Barselonadagi qarorgohida bölib ötgan uçraşuvda uning iştirokida Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlaş uçun harbiy va moliyaviy yordam yuborişni taklif qilgan.
Bu yordam uçun ayirmaçilarga Kataloniyada Rossiyaga xalqaro operatsiyalarda kriptovalutadan foydalanişga yordam beradigan tuzilma yaratiş taklif qilindi. Xoakin Agirrening ta’kidlaşiça, kriptovalutani kataloniyaliklarga sinov tariqasida ötkaziş Birlaşgan Arab Amirliklaridan hujjatda Nikolay Sadovnikov sifatida körsatilgan rossiyalik tomonidan amalga oşirilgan.
Rossiyadagi aloqalar
Rossiya Federatsiyasi vakillari va ayirmaçilar örtasidagi aloqalar 2017 yil voqealaridan oldin ham, undan keyin ham Moskvada amalga oşirilgan. Misol uçun, 2019 yilda, Agirrening sözlariga köra, Rossiya poytaxtida Puçdemon işonçli şaxslari - Jozep Alay va Gonsalo Boyye - Rossiya razvedka xodimlari, yuqori martabali amaldorlar va jurnalistlar bilan uçraşgan.













