Vazirlar Mahkamasining “Xomaşyodan tayyor mahsulotgaça” bölgan köp poğonali qöşilgan qiymat zanjirlarini yaratişga qaratilgan mis sanoati klasterini rivojlantiriş konsepsiyasi töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi doirasida quyidagi hujjatlar tasdiqlanişi közda tutilgan:

  • Özbekistonning 2030 yilgaça mis sanoati klasterini rivojlantiriş konsepsiyasi;
  • 2024-2030 yillarda mis xomaşyosidan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişning töliq siklli texnologik zanjirini yaratiş böyiça “Yöl xarita”;
  • 2024-2030 yillarda yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqariş doirasida mis xomaşyosini qayta işlaş maqsadli körsatkiçlari va manzilli dasturi;
  • mis sanoati klasteri hududida investorlarni joylaştiriş tartibi.

Qaror loyihasi qabul qilinişi hamda unga asosan konsepsiyani amalga oşiriş natijasida quyidagilarga erişiş kutilmoqda:

  • 2030 yilda yillik mis işlab çiqariş hajmi 400 ming tonnaga yetkaziladi va uning 300 ming tonnadan ortiğini sanoatda qayta işlanadi;
  • elektrotexnika va maişiy texnika işlab çiqarişni mahalliylaştirişga 1,5 mlrd dollar miqdorida investitsiyalar jalb qiliş hisobiga, umumiy işlab çiqariş hajmi 8 mlrd dollarga yetkaziladi;
  • klaster doirasida misdan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar işlab çiqarişga mahalliy va xorijiy investitsiyalarini jalb qilinadi;
  • mis sanoati klasteri doirasida misni qayta işlaş loyihalarini amalga oşiriş orqali mis xomaşyosini qayta işlaş körsatkiçi 80 foizga yetkaziladi;
  • kon-metallurgiya sanoatida zarur bölgan import örnini bosuvçi yangi turdagi asbob-uskuna va butlovçi (ehtiyot) qismlarni mahalliylaştiriş yölga qöyiladi;
  • yuqori qöşilgan qiymatga ega bölgan tayyor mahsulotlar va xizmatlar eksport hajmi oşiriladi;
  • kon-metallurgiya sanoatida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini yaratiladi;
  • klaster doirasida yangi işlab çiqariş quvvatlari taşkil etilişi hisobiga 10 mingdan ziyod yangi iş örinlari yaratiladi.