Eyfeldan köra maşhurroq bölgan Ayo-Sofiya masjidi – dunyo böylab eng köp sayyoh qaysi şaharlarga boradi?
|23:05 / 26.06.202417 68112 min
2023 yilda dunyoning eng maşhur şaharlarining har biriga 10 milliondan 20 milliongaça sayyoh borgan. Jumladan, Istanbul, London, Dubay, Parij va Antalya kabi şaharlar sayyohlar bilan tölib toşgan. Uşbu materialda 2023 yilda sayyohlar eng köp borgan şaharlar önligini taqdim etamiz.
Foto: stock.adobe.comFoto: stock.adobe.com
Yevropadagi Euromonitor International tadqiqot kompaniyasi sayyohlarni jalb qiliş böyiça dunyoning eng yaxşi şaharlari yönalişidagi reytingni e’lon qildi. Bu reytingda eng köp örinni Turkiyadagi şaharlar egallagan.
Bu bejizga emas. Sönggi yillarda Turkiyaga kelayotgan sayyohlar soni keskin oşdi.
2022 yildagi natijalar soliştirilganda eng katta ösiş Hongkong şahrida bölgan (+2 495 foiz). 2020-2022 yillarda pandemiya tufayli joriy qilingan turli çeklovlar olib taşlangaç bu şaharga sayyohlar oqib kela boşlagan.
Şuningdek, 2023 yilda Tailand poytaxti Bangkok şahrida salmoqli ösiş kuzatilgan. Bunga sabab pandemiya çeklovlari bekor qilingandan söng Xitoydan Tailandga boruvçi sayyohlar soni keskin oşgan.
Sayyohlar eng köp borgan şaharlar reytingida Parij yoki Rim kabi şaharlar emas, Istanbul birinçi örinni egallagan va 2022 yilga qaraganda ösiş 26 foizni taşkil etgan.
Dastlabki öntalikdan Turkiyaning maşhur kurort şahri Antalya ham örin olgan. 2022 yilga qaraganda bu şaharga kelgan xorijiy sayyohlar soni 29 foizga oşgan.
Quyida eng köp xorijiy sayyohlar borgan şaharlar öntaligini keltirib ötamiz.
Istanbul
Foto: stock.adobe.com
Istanbul şahri bundan 1700 yil çamasi avval Rim imperatori Konstantin tomonidan qurilgan va nomi Konstantinopol bölgan. 1453 yilda Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmed II tomonidan şahar zabt etilgaç unga Istanbul deb nom beriladi.
Usmoniylar şahardagi köplab binolarni saqlab qoliş bilan birga, Istanbulni yanada kengaytirişadi va u örta asrlarda Yevrosiyodagi yirik şaharlardan biriga aylanadi.
Özida antik davr va örta asrlarda qurilgan köplab tarixiy binolarni saqlab qolgan Istanbul sayyohlar uçun ança jozibali şahar hisoblanadi. Şu sababli har yili uni köriş uçun ön millionlab xorijliklar Turkiyaga keladi.
Yarmi Yevropa, qolgani Osiyo qit’asida joylaşgan bu şaharni Bosfor böğozi ustiga qurilgan yirik köpriklar boğlab turadi. Istanbulda şahar atrofi bilan hisoblaganda qariyb 20 million odam yaşaydi.
Istanbulni körişga keluvçilardan taşqari, Turkiyaning boşqa hududlariga keladigan juda köplab dam oluvçilar ham şu şahar orqali ötadi. 2023 yilda Istanbulga 20 million xorijlik sayyoh kelgan.
Mavzuga oid
London
Foto: Shutterstock.com
Bir paytning özida Buyuk Britaniya va Angliya poytaxti hisoblanadigan Londonga eramizning 1-asrida rimliklar asos solgan. Hozir bu şaharda 10 mln atrofida odam yaşaydi.
100 yillarda u Rim Britaniyasi, keyinçalik Angliya, 1707 yildan Britaniya imperiyasi poyxtaxtiga aylangan. 1825 yildan 1925 yilgaça London dunyoning eng yirik şahri bölgan.
London xorijiy sayohlarni öziga jalb qiluvçi şaharlardan biri hisoblanadi. 2023 yilda bu şaharga 18,8 mln nafar sayyoh kelgan.
Londonda xorijiy sayyohlarni jalb qiladigan joylar juda köp. Jumladan, Big Ben, Tauer köprigi, London Taueri, Avliya Pavel ibodatxonasi, Bukkingem saroyi, Vestministr saroyi, Britaniya muzeyi, madam Tyusso muzeyi sayyohlar köp boradigan joylar hisoblanadi.
Bundan taşqari, şahardagi telefon budkalari, ikki qavatli avtobuslar, baland çarxpalak, London hayvonot boği va Uembli stadioni ham ança maşhur.
Dubay
Foto: Interfax-russia.ru
Bugun köplab sayyohlarni dam oliş maskanlari yoki tarixiy şaharlar köproq qiziqtiradi. Biroq Birlaşgan Arab Amirligi rahbarlari Dubay misolida zamonaviy şahar qurib ham millionlab xorijiy sayyohlarni jalb qiliş mumkinligini körsatişdi.
Bundan 30 yil avval 1990-yillar boşlarida Dubay Fors körfazida joylaşgan kiçik, qoloq bir şaharça edi. Öşa paytlardan boşlab BAAdagi 7 amirlikdan biri bölgan Dubay amirligi şaharni rivojlantiriş uçun juda katta loyihalarni boşlab yuboradi.
Natijada oradan köp ötmay Dubay dunyodagi sayyohlarni öziga jalb qiluvçi yirik şaharga aylanadi. 2023 yilda bu şaharga 16,8 mln nafar xorijiy sayyoh kelgan.
Bugun Dubay xorijlik sayyohlarni dunyodagi eng baland bino – Burj Xalifa, okeanarumlar, savdo markazlari, köngiloçar parklar, akvaparklar, plyajlari va boşqa dam oliş maskanlari, çöldagi “Safari”lar bilan öziga jalb qilmoqda.
Antalya
Foto: expedia.com.hk
Eng köp sayyoh kelgan şaharlar orasida 4-örinni Turkiyaning Antalya şahri egallagani bejizga emas. Örta Yer dengizi sohillarida joylaşgan bu şahar va uning atrofidagi dam oliş maskanlarida yilning barça fasllarida maroqli hordiq çiqariş mumkin.
Qiş faslida ham bu yerda iliq havo kuzatiladi va plyajlarda bemalol çömiliş mumkin. Ana şu omil tufayli bahor va kuz ança salqin va qiş fasli juda sovuq böladigan Yevropa davlatlari aholisi köproq Antalyaga keladi.
Aslida Örta Yer dengizi sohillarida Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Kipr davlatlarining köplab dam oliş maskanlari bor. Biroq ularda narx navo Antaldagidan bir neça barobar qimmat. Şu sababli yevropaliklar köproq Turkiyaga kelişadi.
Antalya nafaqat özining dam oliş maskanlari, balki boşqa joylari bilan ham maşhur. Jumladan, şahar atrofidagi örmonlar, şarşaralar, antik davrdan qolgan binolar, parklar, okeanarumlar, muzeylar, akvaparklar sayyohlarni öziga jalb qiluvçi obektlar hisoblanadi. Antalyaga 2023 yilda 16,5 mln sayoh borgan.
Parij
Foto: alamy.com
Parij şahri tarixi 2300 yil avvalga borib taqaladi. Bu şaharga eramizdan avvalgi 3 asrda keltlarning pariz qabilasi asos solgan. 3-5 asrlarda u Parizzi nomi bilan tanilgan.
Bu şahar keyinçalik Paris (rus tiliga Parij körinişida ötgan) nomini olgan. U 10-asrdan buyon Fransiya poytaxti hisoblanadi.
Parij dunyodagi eng maşhur şahar hisoblanadi. Bu şaharda sayyohlarni jalb qiladigan köplab tarixiy binolar, muzeylar bor.
Jumladan, Luvr muzeyi, Yelisey maydoni va Triumf arkasi, Versal saroyi, Parij Disneylendi kabi joylar sayyohlar köp boradigan maskanlar hisoblanadi.
Şuningdek, 19-asrda metalldan tiklangan Eyfel minorasi ham sayyohlar orasida juda maşhur. 2023 yilda Parijga 15,5 mln nafar sayyoh kelgan.
Hongkong
Foto: stock.adobe.com
Hongkong şahriga 1841 yilda britaniyaliklar asos solgan. Britaniya tarkibida bölgan şahar 1960-70 yillarda özining yevropaça körinişi va osmonöpar binolari bilan maşhur edi.
1997 yilda Britaniya uni Xitoyga topşiradi. Hozirgi paytda Hongkong Xitoy tarkibida maxsus ma’muriy hudud sifatida belgilab qöyilgan. Bu status Hongkongga aksariyat işlarni Pekindan mustaqil taşkil etişga imkoniyat beradi.
Hongkong dunyodagi yaşaş uylari va ofislarning narxi hamda ijara haqi eng baland bölgan şaharlardan biri hisoblanadi. 2023 yilda Hongkongga 14,7 mln nafar sayyoh borgan.
Hongkongda sayyohlarni asosan köplab savdo markazlari, köngiloçar parklari, köçalarda taşkil etilgan savdo dökonlari va ovqatlaniş şoxobçalari hamda bugungaça saqlanib qolgan tarixiy binolar jalb qiladi.
Şuningdek, Ngong Pingda qurilgan osma yöli va şahardagi omonöpar binolarning tepa qismida joylaşgan tomoşa maydonçalari sayyohlar köp boradigan joylar hisoblanadi.
Bangkok
Foto: stock.adobe.com
Bangkok Tailand poytaxti böliş bilan birga, mamlakatdagi eng yirik şahar hisoblanadi. Şaharga 1782 yilda asos solingan. Hozir unda qariyb 5,5 mln aholi aşaydi.
Bangkokka 2023 yilda 12,2 mln nafar sayyoh borgan. Bangkok Tailandga xorijiy davlatlardan keladigan sayyohlar uçun asosiy darvoza hisoblanadi.
Bundan taşqari, şaharni tomoşa qiliş uçun ham köplab sayyohlar keladi. Bu yerda savdo markazlari, turli muzeylar, köngiloçar parklar, madaniy va tarixiy obektlar sayyohlarni jalb qiladi.
Şuningdek, şahardagi osmonöpar binolarning tepa qismida joylaşgan tomoşa maydonçalari, turli sport-soğlomlaştiriş majmualari va Madam Tyussso, Jim Tompson uy muzeyi kabilar ham sayyohlar köp taşrif buyuruvçi obektlar hisoblanadi.
Nyu-York
Foto: flickr.com
Nyu-York şahrining dastlabki nomi Nyu-Amsterdam (Nieuw Amsterdam) bölgan va unga 17-asr boşlarida gollandlar asos solgan. 17-asrning ikkinçi yarmida Angliya va Gollandiya örtasida uruş bölib ötadi.
Janglarda ğolib bölgan angliyaliklar Nyu-Amsterdamni ham egallab olişadi va unga Nyu-York (York Angliyadagi şahar nomi) deb nom berişadi.
1667 yilda angliyaliklar gollandlarga Nyu-York va uning atrofidagi yerlar evaziga özining Janubiy Amerikada joylaşgan yeri – Surinam davlati örnini taklif etadi. Şaharni qaytarib olişga közi yetmagan gollandlar taklifga rozi bölişadi.
Nyu-York dunyodagi eng yirik va maşhur şaharlardan biri hisoblanadi. Şaharda 10 milliondan oşiq odam yaşaydi. Dunyodagi ikkinçi metro (Londondan söng), birinçi 100 qavatli bino aynan Nyu-Yorkda qurilgan.
Har yili Nyu-Yorkni tomoşa qiliş uçun millionlab sayyohlar keladi. Şahardagi osmonöpar binolar va ularning tepasida joylaşgan tomoşa maydonlari, turli muzeylar, parklar, san’at galereyalari, teatrlar sayyohlarni jalb qiluvçi asosiy obektlar hisoblanadi.
Bundan taşqari, AQŞga boradigan sayyohlarning bir qismi Nyu-York orqali ötadi. Xorijdan AQŞga işlaş uçun borayotgan xorijliklarning köpi Nyu-Yorkda qoladi. 2023 yilda bu şaharga 11,7 mln sayyoh kelgan.
Kankun
Foto: Shutterstock.com
Kankun şahri Meksikaning Kintana-Roo ştatida joylaşgan bölib, unga 1971 yilda asos solingan. Hozirda şaharda qariyb 900 ming aholi yaşaydi va ularning asosiy qismi xizmat körsatiş sohasida band.
Kankun Karib havzasida, Atlantika okeani qirğoqlarida, juda qulay joyda joylaşgani uçun bu yerda yil davomida maroqli hordiq çiqariş mumkin.
Şahar nisbatan yoş bölsada sayyohlar orasida juda maşhur. Kankunda juda köp dam oliş maskanlari bor. Ularda asosan AQŞlik va Janubiy Amerikaning boşqa davlatlarida yaşovçi boylar dam olişadi.
Kankunda köplab plyajlar, köngiloçar parklar va akvaparklar, şahar atrofidagi qadimiy yodgorliklar, muzeylar sayyohlarni jalb qiladigan obektlar hisoblanadi. 2023 yilda Kankunga 10,8 mln sayyoh kelgan.
Makka
Foto: alamy.com
Makka şahriga eramizdan 2 ming yil avval asos solingan deyiladi. Lekin şahar örnida odamlar yaşay boşlaganiga undan ham köp bölgan. Şahar nomi Makka vodiysi nomidan olingan.
Makka şahri Yer yuzasining barça hududlarida yaşaydigan musulmonlar uçun muqaddas şahar hisoblanadi. Şuningdek, Makka dunyodagi eng maşhur şaharlardan biri hisoblanadi.
Islom ta’limotiga köra, moliyaviy imkoniyati bor musulmonlar hayoti davomida bir marta belgilangan oyda Makkaga borib haj amalini bajarişi farz hisoblanadi.
Şu sababli har yili butun dunyodan millionlab musulmonlar Makkaga haj amallarini bajariş uçun kelişadi. Şuningdek, şaharga yil davomida umra ziyoratini amalga oşiriş uçun millionlab musulmonlar kelişadi.
Şahardagi eng diqqatga sazovor joylar Al-Harom masjidi va uning örtasida joylaşgan Ka’ba, şuningdek Nur toği, Arofot tepaligi, Jabali Rahmat toği va boşqa muqaddas joylar hisoblanadi. 2023 yilda Makkaga 10,8 mln ziyoratçi kelgan.