Saidaziz “medgorodok”ka nisbatan yana bir sud boşlangani va bu iş ham uyuşgan guruh bölib tovlamaçilik sodir etiş va juda köp miqdordagi firibgarlik bilan boğliqligi xabar qilingandi.

JIB Yunusobod tuman sudi mazkur jinoyat işidan Sobirjon Isomuhammedovga nisbatan bölgan qismini alohida iş yurituviga ajratib oliş hamda unga nisbatan qidiruv e’lon qiliş haqida ajrim çiqardi.

Ajrimda Isomuhammedovga nisbatan qöllangan garov ehtiyot çorasini asliça qoldiriş, uşlangandan söng uni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudiga keltiriş belgilangan.

Dastlabki tergov organi tomonidan aniqlanişiça, jinoyat işida asosiy figurantlardan biri bölgan Sobirjon Isomuhammedov 2022 yilning avgust oylarida tanişi, 1997 yilda tuğilgan Rixsiddin Toxirovga Toşkent şahar, Bektemir tumani, Majnuntol mahallasi hududida joylaşgan 4 gektar yer maydoni uy-joy qurilişi uçun ajratilganligini va bu yerda namunali turar joy kompleksi qurilişini ta’kidlab, uning 4,5 sotixini 15,5 ming AQŞ dollariga sotişini aytgan. Aslida bu yer maydoni “Biocell” MÇJga 2021 yilda zamonaviy yengil konstruksiyali issiqxona qurilişi uçun 49 yil muddatga ijara asosida ajratilgan bölgan. Isomuhammedov 2022 yil avgust oyi oxirlarida Toxirovning 15,5 ming dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

Bundan taşqari, u ayni şu usul orqali tanişi, 1978 yilda tuğilgan Nodir Tolipovning ham 15,5 ming AQŞ dollarini qölga kiritgan.

Sobirjon Isomuhammedov 2022 yil 2 oktyabr kuni “Everest Impex Ples” MÇJ ta’sisçilaridan biri Murod Töxtayev bilan örtalaridagi mulkiy nizoni hal qiliş uçun Saidaziz Saidaliyev, Ravşanjon Alimov hamda Mirsolix Mirxöjayev bilan bir guruhga birlaşgan. Ular Murod Töxtayevni Mirobod tumani, Yakkaçinor köçasidagi biznes markazning 6-qavatida joylaşgan ofisga çaqirtirib, MÇJdagi 50 foizlik uluşni ularning foydasiga voz keçişini talab etişgan. Agarda voz keçmagan taqdirda jismoniy kuç işlatiş, mulklarini nobud qiliş va ofisning 6-qavatidan uloqtirib yuboriş bilan tahdid qilişgan.

Tergov organi bu işda Saidaziz Saidaliyev va Mirsolix Mirxöjayevlarga ehtiyot çorasi sifatida qamoq qöllagan. Ular bilan aynan öxşaş moddalarda ayblanayotgan Sobirjon Isomuhammedovga esa garov ehtiyot çorasi tanlangan.