08:51 / 29.06.2024
20237

Dog‘istonda Nurmagomedov sport maktabida tintuvlar o‘tkazildi

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Mahachqal’adagi Abdulmannob Nurmagomedov nomidagi yakkakurash maktabida o‘tkazilgan tintuvlar Dog‘istonda 23 iyun kuni sodir bo‘lgan teraktlar bilan bog‘liq. Qo‘lga olinganlar haqida ma’lumot yo‘q.

28 iyun, juma kuni Dog‘istonda Abdulmannob Nurmagomedov nomidagi aralash yakkakurash sport klubida Mahachqal’a va Derbentda sodir etilgan teraktlar ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazildi, deb xabar berdi Rossiya axborot agentliklari va Telegram-kanallari.

«Interfaks» huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berishicha, hujjatlar tekshirilmoqda. «Yo‘q qilingan jangchilardan biri avval ushbu klubda shug‘ullangan», dedi agentlik manbasi. TASS manbasining xabar berishicha, Mahachqal’adagi yakkakurash maktabida «tezkor-qidiruv tadbirlari» o‘tkazilmoqda. Qo‘lga olinganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, dedi u. 

Shot’ga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Dog‘istondagi teraktlar ishtirokchisi Gajimurod Kagirov bilan yaqin aloqada bo‘lgan va yaqin orada so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan uch nafar maktab jangchisini aniqlagan. Maktab bosh murabbiyi va boshqa sportchilar so‘roq qilingan, hujjatlari tekshirilgan, dedi kanal manbasi. 

Xavfsizlik kuchlari Nurmagomedov nomidagi klubni ketma-ket ikkinchi kun tekshirmoqda, deb yozadi Mash. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun oldin ular mashg‘ulotlarni tark etayotgan sportchilarning hujjatlari va telefonlarini tekshirib, teraktdan oldin Kagirov bilan kim muloqot qilganini so‘rashgan. Shuningdek, politsiya yaqin atrofdagi muassasalar va sport zallarini o‘rab oldi. 

Dog‘istondagi terakt

23 iyun oqshomida bir necha qurollangan shaxs bir vaqtning o‘zida Mahachqal’a va Derbentdagi cherkov va sinagogga hujum qildi. Oqibatda 21 kishi, jumladan, 15 politsiyachi va Rosgvardiya a’zosi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq kishi jarohatlangan. Besh hujumchi otib tashlandi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, teraktda ishtirok etgan va xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan jangarilardan biri - Abdulmannob Nurmagomedov nomidagi maktabda mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan MMA jangchisi Gajimurod Kagirov. Mash va Shot uni maktabning sobiq tarbiyalanuvchisi deb atashgan. 

Biroq UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Mahachqal’a va Derbentdagi sinagoga hamda cherkovga hujum qilganlar otasining sport klubiga aloqasi yo‘qligini aytdi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, Kagirov 2021 yilda ushbu sport zalida «bir-ikki oy»gina «bitta yig‘in»dan o‘tgan. 

Mavzuga oid
Top