2023 yil iyulida özbek futbol jurnalistikasi asosçisi Axbor Imomxöjayevni xotirlab, uning izdoşlari tomonidan futbol musobaqasi taşkil etilgandi. Bu turnirda jurnalistika sohasi vakillari iştirok etgandi. 

2 iyul — xalqaro sport jurnalistlari kuni butun dunyoda keng nişonlanadi. Imomxöjayevlar sulolasi aynan şu sana atrofida an’anaviy tarzda xotira turniri taşkil etişni maqsad qilgan. Mamlakatda futbol mavsumi 6 iyul kuni tanaffusga çiqadi. Tanaffusning ilk kunida esa ikkinçi bor Axbor Imomxöjayev xotira turniri bölib ötadi. 

Turnirda Kun.uz xodimlaridan iborat jamoa ham iştirok etadi.

Axbor Imomxöjayev mamlakat futboli rivojiga katta hissa qöşgan. U öz vaqtida Özbekiston futbol assotsiatsiyasida faoliyat olib borgan, futbol hakamligida öziga xos yutuqlarga erişgan, Liga uçraşuvlarida komissar sifatida işlagan, matbuot, radio, televideniyeni bu insonsiz tasavvur qiliş qiyin edi. Qahramonimiz 80 yoşdan oşgan vaqtida ham soğlom turmuş tarizini tarğib qilişda davom etdi hamda «Tong» faxriylar jamoasi safida muntazam — haftada uç bor futbol öynagan.