Rosstatning ma’lum qilişiça, 18 iyundan 24 iyungaça iste’mol narxlari indeksi 0,22 foizga oşgan — bu yil boşidan buyon rekord kattalik bölib, yillik ifodada inflatsiya söngi 15 oydagi eng yuqori qiymat bölmiş 8,61 foizga yetgan. Oziq-ovqat infliyatsiyasi amalda ikki xonali raqamga aylangan: oziq-ovqat mahsulotlari uçun narxlarning yillik ösişi 9,84 foizga, meva va sabzavotlarga esa 20 foizdan oşgan.

Yil boşidan buyon mol göşti 7,2 foizga, qöy göşti 18,8 foizga, olmalar 29,4 foizga, karam 35,1 foizga, sabzi 34 foizga qimmatlaşgan. Inflatsiya rekordçisi esa kartoşka bölgan. Sönggi hafta içida uning narxi 7,6 foizga, yil boşidan buyon esa 82,5 foizga oşgan.

Quriliş materiallari va aviaçiptalar narxi ham şiddatli ösmoqda: yil boşidan buyon taxta va taxtadan yasalgan plitalar mos ravişda 10,7 va 14,4 foizga oşgan. Samolyotlarning ekonom klassi aviaçiptalari esa 23,3 foizga oşgan.

«Inflatsiya Markaziy bank möljali yonidan ötib ketmoqda», — degan «Astra FM»ning investitsiyalar böyiça direktori Dmitriy Polevoy: Hali yarim yil bölmasdan narxlar 3,82 foizga oşib böldi, Markaziy bank esa dekabr oyiga borib 4,3–4,8 foiz oşişni taxmin qilayotgan edi.

«Benzin narxlarining ösişi tezlaşgan ayniqsa xavotirga soluvçi tendensiya bölmoqda», — degan «Alfa-bank» boş iqtisodçisi Nataliya Orlova. Rosstat ma’lumotlariga köra, ötgan hafta içida AYoQŞlarda narxlar 0,41 foizga oşgan. Bu esa 2023 yilning kuzidagi yoqilği krizisidan buyon maksimal kattalik. Ukraina dronlarining Rossiyaning eng yirik neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari seriyasidan söng neftçilar yoqilği işlab çiqariş rejasidan ortda qolişmoqda: ular iyun oyida işlab çiqarişni bor-yöği 2 foizga oşira olişgan va neft bazalarida töplangan zaxiralarni sarflaşmoqda, deyişgan «Kommersant» naşriga vaziyatdan xabardor manbalar.

Qimmatlaşayotgan benzin öz ortidan «tovarlarning keng doirasi»ni tortib ketişi mumkin, deya xavotirlanadi Orlova. Bunga javoban Markaziy bank yana asosiy stavkani oşirişi mumkin, u hozir 16 foiz darajasida va bu uruşning dastlabki oylaridan buyon maksimal darajada, deyişmoqda Rosbank tahlilçilari. Ularning prognoziga köra, Markaziy bankning iyul oyidagi yiğilişida asosiy stavka 18 foizga kötarilişi mumkin, inflatsiya tezlaşişda davom etadigan bölsa, 20 foiz darajasida ham belgilanişi ehtimoli bor.