Farğona viloyati Qöqon şahrida fuqarolarga töpponça öqtalib, buni videoga olgan şaxs qamaldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ruxsor News”telekanalida berilgan videolavhada aytilişiça, uşbu şaxs Qöqon şahrida joylaşgan klublarning birini reklama qiliş maqsadida soxta töpponçani fuqarolarga öqtalgan va buni videoga olgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarga joylangaç, köplab muhokamalarga va e’tirozlarga sabab bölgan.

Qayd etilişiça, huquqbuzar şaxsga MJtKning 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylaştirilgan. Sud hukmi bilan unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi berilgan.

Mazkur şaxs avval ham bir neça marta huquqbuzarlik sodir etgan va tegişli jazo olgan edi.

Jumladan, 2024 yil 2 yanvar kuni u Qöqon şahridagi markaziy köçalarning birida yöl örtasiga stol-stul qöyib ovqatlangan va holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur huquqbuzalik uçun uçun öşanda unga MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan jarima jazosi qöllangandi.