Kun.uz'ga Buxoroda voyaga yetmagan yoşlarning töyi bölgani haqida video kelib tuşdi. Murojaatçining sözlariga köra, 29 iyun kuni Buxoro viloyatining Şofirkon tumanidan bölgan 2008 yilda tuğilgan yigit va Qoraköl tumanidan bölgan 2007 yilda tuğilgan qizning töyi bölib ötgan. Töy bazmi şahardagi “Fathobod” marosimlar uyida ötkazilgan.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilişiça, holat yuzasidan uning idorasi va içki işlar organlari tomonidan örganiş işlari boşlangan. Bu borada qöşimça ma’lumot beriladi.
Oila kodeksining 15-moddasida nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun 18 yoş etib belgilangan. Uzrli sabablar bölganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tuğilişi, voyaga yetmagan şaxsning töla muomalaga layoqatli deb e’lon qilinişi (emansipatsiya), nikohga kirişni xohlovçilarning iltimosiga köra tuman, şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan 1 yilga kamaytirişi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-3-moddasi 2-qismiga köra, ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan nikoh yoşiga yetmagan şaxsni erga beriş yoxud uylantiriş bazaviy hisoblaş miqdorining 7 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda (2 mln 380 ming sömdan 5 mln 100 ming sömgaça) jarima solişga sabab böladi.
Bir neça oy oldin, Bolalar ombudsmani Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida 17 yoşli qizning belgilangan töyini töxtatgan edi.
Şuningdek, Qaşqadaryo viloyatida 7-sinf qiz unaştirilgani haqida videolavha tarqalgan, ota-onasi bu farzandining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbir edi deb tuşuntiriş bergandi.













