Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni Kuksaroy qarorgohida rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşuv ötkazdi.
Suhbat avvalida BMT Boş kotibi davlat rahbariga Özbekistonga keliş taklifi va körsatilayotgan samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.
Oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, davlat rahbari A.Guterrişning respublikaga bu galgi, ikkinçi taşrifi "Özbekiston-2030" strategiyasi doirasida amalga oşirilayotgan ortga qaytmas islohotlar BMT tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganining tasdiği ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar çoğida global va mintaqaviy tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta’minlaş, Özbekiston va BMT örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş holati muhokama qilindi.


Hamkorlikning jadal sur’ati va misli körilmagan yuqori darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

140 ta qöşma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Keyingi yillarning özida Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 10 ta maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Yil boşidan buyon BMT Boş kotibining beşta örinbosari Özbekistonga taşrif buyurdi. Ötgan oyda mamlakatimiz Iqtisodiy va ijtimoiy kengaş (ECOSOC) tarkibiga va Xalqaro mehnat taşkilotining Ma’muriy kengaşiga saylandi. Özbekiston vakili birinçi marta BMT Inson huquqlari qömitasi a’zosi böldi. Toşkentda BMTning yana bir maxsus muassasasi – Qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça xalqaro jamğarmaning vakolatxonasi iş boşladi.
Birgalikda global kun tartibiga oid yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, turizmni rivojlantiriş, kambağallik va iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş hamda bioxilmaxillikni muhofaza qiliş böyiça tadbirlar ötkazilmoqda. Kelgusi yilda Samarqandda YuNeSKOning 43-boş konferensiyasi bölib ötadi.














