Qodirov o‘z qarindoshini Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi
Hozirda 27 yoshda bo‘lgan Hamzat Qodirov 23 yoshida sport vaziri, 25 yoshda mulk va yer vaziri bo‘lgandi.

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov uning 27 yoshli qarindoshi Hamzat Qodirov respublika xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangani haqida xabar qildi.
Hamzat Qodirov Checheniston rahbarining yordamchisi lavozimini ham egallagan.
Bungacha Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida respublika rahbarining amakivachchasi Turpal-Ali Ibragimov ishlagandi, u endi Shalinskiy rayonini boshqaradi. «Ularning ikkisi ham [Ibragimov va Qodirov] rahbarlik lavozimlarida boy tajribaga ega va o‘z zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni bajara oladi», — degan Checheniston rahbari.
10 may kuni Davlat dumasining Chechenistondan bo‘lgan deputati Adam Delimxanov Ramzan Qodirov o‘z qarindoshini Mardlik ordeni bilan taqdirlagani haqida xabar qilgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu ordenni topshirish to‘g‘risidagi farmonini imzolagan.
Delimxanov o‘z postida Hamzat Qodirov «maxsus harbiy amaliyotning boshidanoq chechen jangchilarini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etgani» haqida yozgan.
- 2023 yilda Hamzat Qodirov II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangandi, unga shuningdek Checheniston qahramoni unvoni berilgan. O‘sha vaqtda u Checheniston mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimida ish boshlagandi.
- 2020 yil fevralida, hali 23 yosh ekanida Hamzat Qodirov Checheniston sport vaziri lavozimida ish boshlagandi. Respublika rahbari o‘z qarindoshini bunday yuqori lavozimga tayinlanishini u — Axmat Qodirovning nabirasi ekani bilan izohlagandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04
-
Samarqandda tiklanayotgan o‘rmon - Omonqo‘ton milliy tabiat bog‘i | Manzil
Jamiyat | 17:40
-
Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi
Jamiyat | 17:00
Mavzuga oid

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

18:15 / 06.05.2025