“Iqtisodiy şarh” jurnali Özbekistonning 2024 yil yanvar-may oylarida MDH mamlakatlari bilan savdosi aylanmasini tahlil qildi.

Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar-may oylarida Özbekistonning MDH mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 4,9 foizga ösib, 8,8 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan: 3,1 mlrd dollari eksport, 5,7 mlrd dollari import. Uşbu davrda Özbekiston taşqi savdo aylanmasining 32,9 foizi MDH mamlakatlari hissasiga töğri kelgan. 

Özbekistonning MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng köp uluş – 4 mlrd 782 mln dollari yoki 55 foizi Rossiyaga töğri kelmoqda. Uşbu summaning 1 mlrd 354,3 mln dollar qismi eksport, 3 mlrd 427,7 mln dollar qismi import hisoblanadi.

Bu boradagi yuqori beşlikni 1 mlrd 581,6 mln dollar bilan Qozoğiston, 455,5 mln dollar bilan Turkmaniston, 294,3 mln dollar bilan Qirğiziston hamda 265,2 mln dollar bilan Belarus davlati yakunlagan.