Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda suv o‘tkazgich tarmog‘i yorildi. Ko‘chalarni suv bosgan
Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida nosozlik vujudga kelgani ortidan ko‘chalar suv bilan to‘lgan. Hududning katta qismi suv ta’minotidan uzilgan.
Foto: Toshkent shahar suv ta’minoti
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi d1200mm katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida nosozlik vujudga keldi, deb xabar berdi “Toshkent shahar suv ta’minoti”.
Ta’kidlanishicha, tumanning Moyqo‘rg‘on ko‘chasi va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida d1200mm katta suv o‘tkazgich yorilgan.

Shu sababli tumandagi Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor ko‘chalari, G‘ishtqo‘rg‘on ko‘chalari, Astrobod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo‘lmasligi qayd etilgan.

“Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:49
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
15:29
Toshkentda kutilayotgan eko-obektlar: jamoat parki, sun’iy ko‘llar, dendrologiya bog‘lari va OTMda favvoralar
17:24 / 30.03.2026