Sammit mezboni, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukaşenkoni tabriklab, Belarus ŞXT makonida xavfsizlikni mustahkamlaşga katta hissa qöşişiga işonç bildirdi. “Aminmanki, bugungi kun Belarus tarixida yorqin sahifa bölib qoladi”, dedi Töqayev.
Lukaşenko bu qarorni qöllab-quvvatlagani uçun taşkilotning barça a’zolariga minnatdorçilik bildirdi. U öz sözida Belarusning ŞHTga qabul qilingan yil mamlakat faşist bosqinçilardan ozod etilganining 80 yilligiga töğri kelganiga e’tibor qaratdi. “Bu belarus xalqiga ajoyib sovğa böldi”, – dedi u.

Şanhay Hamkorlik Taşkilotiga 2001 yil 15 iyunda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Özbekiston tomonidan asos solingan. 2017 yil 9 iyunda Hindiston va Pokiston taşkilot a’zoligiga qabul qilingan. 2022 yil 16 sentabrdagi Sammarqand sammitida Eron ŞHTga qöşilgan, şu kuni kuzatuvçi maqomidagi Belarusni tölaqonli a’zolikka qabul qiliş jarayoni boşlangan edi.
Hozirda Afğoniston va Mongoliya ŞHTda kuzatuvçi davlatlar bölib qolmoqda. Yana 14 ta davlat – Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt, Bahrayn, Misr, Kambodja, Maldiv orollari, Myanma, Nepal va Şri-Lanka taşkilotda muloqot-hamkorlar statusiga ega.












