"Özbekneftgaz" AJ 2023 yil yakunlari böyiça alohida va konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi. Moliyaçi Otabek Bakirov uşbu hisobotlardagi muhim jihatlarni sanab ötdi.
“2023 yil yakunlari böyiça “Özbekneftgaz”ning alohida va konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotlari tubga inayotgan monopolistning ahvoli yanada oğirlaşganini körsatadi.
Likvidlik keskin kamaygan. Pul mablağlari qoldiği 2 trln 487 mlrd sömdan 960 mlrd sömgaça qisqargan.
Debitor qarzlar ortgan. Debitorlar jami 3 trln 905 mlrd sömdan 5 trln 265 mlrd sömgaça yetgan. Debitorlar ortganiga qaramay, yöqotişlar uçun zaxiralar kamaygan.
“Öztransgaz”ning “Uz-Kor Gas Chemical” oldidagi “Özbekneftgaz” böyniga ilingan qarzi böyiça may oyida oçilib qolgan bitimi aslida ötgan yili yuz bergani ma’lum böldi. Şuning uçun balansda 9 trln 143 mlrd sömlik qoplanadigan aktiv paydo bölgan (majburiyatlarda ham).
Affillangan tomonlarning “Özbekneftgaz”ga qarzi (yana “Uz-Kor Gas Chemical”, “Natural Gas Stream”, “Öztransgaz” bilan boğliq) 707 mlrd sömdan 7 trln 558 mlrd sömga yetgan.
Sotiladigan aktivlar qiymati 1 trln 811 mlrd sömdan 4 trln 887 mlrd sömga yetgan. Uşbu keskin oşiş yana öşa Saneg uçun sovğa qilingan Şörtan 2 loyihasi bilan boğliq. Qanday qilib 1,8 trln sömlik aktiv 4,9 trln sömgaça şişib qolgani böyiça auditor tafsilotlarni keltirmagan (mazkur loyiha balki 5 mlrd dollargaça şişirilgan MTOning bir uluşiga aylangan bölişi kerak).
Qisqa va uzoq muddatli qarzlar keskin oşgan. Uzoq muddatli 32 trln 627 mlrd sömlik qarzning 8 trln 661 mlrd sömlik qismi joriy yilda söndirilişi kerak. Kreditorlar örnida bölganimda men xavotirga tuşgan bölardim.
“Özbekneftgaz” sömda 26 foizdan, valutada 13 foizgaça qarz olişga ötgan.












