Qaşqadaryoda özganing bank mobil ilovasiga ulanib, uning kartasidan pul yeçib olgan bola uşlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi fuqaro X.M. içki işlar organiga ariza bilan murojaat qilib, uning bank kartasidan 1 mln sömga yaqin pul mablağlari yeçib olinganini, aybdor şaxsga qonuniy çora körişni söragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yaşovçi M.M. sodir etgani aniqlangan.

Unga köra, gumonlanuvçi M.M. soxta havola yuboriş orqali jabrlanuvçi ayolning şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritgan. Söngra uning bank mobil ilovasiga ikkinçi foydalanuvçi sifatida ulanib olgan. Şu tariqa, M.M. ayolning 1 mln sömga yaqin pulini özining foydalanuvida bölgan bank plastik kartasiga ötkazib olgan hamda ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravişda axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib öğirlik sodir etiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq Toşkentda soxta havola orqali fuqarolarning pullarini özlaştirgan şaxs qölga olingani xabar qilingandi.