Samarqand tumanida “Nexia-2” urib yuborgan bola şifoxonada vafot etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 3 iyul kuni soat 18:00 larda sodir bölgan.

Haydovçi “Nexia-2” maşinasini Samarqand tumani, “Jöyi soy” MFY hududidan ötgan Usta Umar Jöraqulov köçasida boşqarib ketayotganida yölning belgilanmagan qismidan yugurib ötayotgan bolani urib yuborgan.

Bola zudlik bilan Samarqand şahar markaziy şifoxonasiga olib kelingan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u şifoxonada hayotdan köz yumgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Navoiy viloyati Xatirçi tumanida aholi punktida maşinani soatiga 142 km tezlikda boşqargan haydovçi piyodalar yölakçasidan ötayotgan 9 yoşli qizni urib yuborgan. Oqibatda qiz voqea joyida halok bölgandi.