Özbekistonda “Ekologik transport” tizimini joriy qiliş keçiktirildi. Vazirlar Mahkamasining 3 iyul kungi qarori bilan, tizim 2025 yilning 1 martdan boşlab yölga qöyiladi.
Hukumatning avvalroq qabul qilingan qarorida bu muddat 2024 yil 1 iyun deb körsatilgandi.
“Ekologik transport” tizimi doirasida, barça toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri böyiça normativlarga mosligi nazorat qilinadi.
Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib çiqib “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga bölinadi, xuddi şunday, şaharlardagi hududlar ham uçta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayyan zonalarga kirişi çeklanadi.

















